Ghost rejimi
«O'qildi», «onlayn», «yozmoqda...» va hikoya ko'rilgani yuborilmaydi. Har birini alohida tanlang, bosh ekrandagi tugma bilan bir bosishda yoqing.
Videogram — Telegram'ning barcha imkoniyatlari ustiga Ghost rejimi, o'chirilgan xabarlarni saqlash, PIN bilan yashirin chatlar va avtomatlashtirish qo'shilgan bepul Android ilovasi.
Videogram hozircha faqat Android uchun. iPhone uchun versiya yo'q.
Barcha qo'shimchalar bitta joyda: Sozlamalar → «Videogram sozlamalari». Har birini xohlagancha yoqib-o'chirasiz.
«O'qildi», «onlayn», «yozmoqda...» va hikoya ko'rilgani yuborilmaydi. Har birini alohida tanlang, bosh ekrandagi tugma bilan bir bosishda yoqing.
Suhbatdoshingiz xabarni o'chirsa ham, u telefoningizda saqlanib qoladi. Matn, media turi, kim va qachon — hammasi ko'rinadi.
Xabarni bosib turing → «Tahrir tarixi». Tahrirlangan xabarning barcha oldingi versiyalarini ko'rasiz.
Tanlangan chatlarni ro'yxat va papkalardan yashiring. Ular faqat PIN kod bilan ochiladi.
Chatda kelgan .apk faylni ochishdan oldin ogohlantirish chiqadi — firibgarlar ko'pincha shu yo'l bilan telefonni buzadi.
«vakansiya», «iPhone», «arzon» — guruhlarda kimdir shu so'zni yozsa, darhol alohida bildirishnoma keladi. Ovozsiz guruhlarda ham.
Band bo'lsangiz, shaxsiy chatlarda yozganlarga avtomatik javob ketadi. Har bir odamga — siz tanlagan oraliqda bir martadan.
Kanal va guruhingizga kelgan qo'shilish so'rovlari avtomatik qabul qilinadi — faqat siz tanlagan chatlarda.
Har bir foydalanuvchi profilida uning Telegram ID raqami ko'rinadi. Bir bosishda nusxalanadi.
Stiker yoki GIF yuborishdan oldin tasdiq so'raladi — noqulay vaziyatlarga endi tushmaysiz.
Oddiy Telegram'da Premium'siz 3 ta akkaunt. Videogram'da 4 tasini bir vaqtda ishlating.
Ilova ikonkasini 6 rangdan tanlang, hikoyalar panelini yashiring. Interfeys o'zbek, rus va ingliz tillarida.
Ghost rejimida xabarlarni o'qiysiz, lekin suhbatdosh «o'qildi» belgisini ko'rmaydi. Siz oxirgi marta qachon onlayn bo'lganingiz ham yangilanmaydi.
Kimdir xabarni o'chirib yoki tahrirlab yuborsa, asl nusxasi telefoningizda qoladi. Butun ilova bo'yicha yoki har bir chat uchun alohida ko'ring.
Chat menyusidan «Chatni yashirish» ni tanlang — u ro'yxat va papkalardan yo'qoladi. Telefoningiz birovning qo'lida bo'lsa ham, PIN'siz ko'rinmaydi.
Namuna uchun PIN: 2024
Yuzlab guruhlarni kuzatish shart emas. Kalit so'zlarni kiriting — kerakli xabar chiqishi bilan Videogram sizga xabar beradi.
| Imkoniyat | Telegram | Videogram |
|---|---|---|
| Chatlar, kanallar, qo'ng'iroqlar, hikoyalar, botlar | ||
| Ghost rejimi | ||
| O'chirilgan xabarlarni saqlash | ||
| Tahrir tarixi | ||
| PIN bilan yashirin chatlar | ||
| Kalit so'z bildirishnomasi | ||
| Avto javob (Premium'siz) | ||
| APK fayllardan ogohlantirish | ||
| Premium'siz akkauntlar soni | 3 | 4 |
Videogram'ning o'z serveri yo'q. Xabarlaringiz Telegram'ning MTProto shifrlashi orqali to'g'ridan-to'g'ri Telegram serverlariga boradi.
Rasmiy Telegram kodi asosida qurilgan. Ulanish, maxfiy chatlar va qo'ng'iroqlar shifrlashi o'zgartirilmagan.
O'chirilgan xabarlar, sozlamalar, PIN — barchasi faqat qurilmangizda saqlanadi. Biz hech narsa yig'maymiz.
Videogram GNU GPL litsenziyasidagi Telegram manba kodiga asoslangan. Kod ochiq — istalgan mutaxassis tekshira oladi.
Rasmiy Telegram'ni o'chirish shart emas — ikkalasi bir telefonda yonma-yon ishlaydi.
Quyidagi tugmani telefoningizdan bosing. Fayl «Yuklanmalar» papkasiga tushadi.
Faylni oching. Telefon so'rasa, «Noma'lum manbalardan o'rnatish»ga ruxsat bering va «O'rnatish» ni bosing.
Telefon raqamingizni kiriting — kod Telegram'ga keladi. Barcha chatlaringiz joyida.
Talablar: Android 6.0 yoki yangiroq, 64-bit protsessor (2017-yildan keyingi deyarli barcha telefonlar).
Bepul. Reklamasiz qo'shimchalar. Telegram'ning hamma imkoniyatlari saqlangan.
APK yuklab olish